|
|
22.
|
Turkiston mo`ylabdori
(shimbaliq, qayaz)
Turkestan Bardel
Barbus
capito (Gueldenstaedt, 1773)
ssp. conocephalus Kessler, 1872
|
|
Maqomi. 2:
Orol-Kaspiy turining zaif qisqarib borayotgan Orol endemik kenja turi.
Tarqalishi. Amudaryo,
Sirdaryo, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryolarning o`rta oqimlari; o`tmishda
— Orol dengizi va unga quyiladigan daryolarning quyi oqimlari. O`zbekistondan
tashqarida: Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Kaspiy dengizi
havzasida — boshqa kenja turi.
Yashash joylari. Oqar
suv havzalarining chuqurligi 23 m, tubi qumli-toshli yoki qumli-shag`alli
joylari.
Soni. O`tmishda barcha
yashash joylarida ko`p bo`lgan keyingi o`n yilliklarda soni keskin kamayib
ketdi.
Yashash tarzi. Turg`un
hayot kechiradigan baliq. 4-5 yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi —
may-iyunda. Serpushtliligi — 12-129 ming uvildiriq atrofida. Suv
hasharotlarining lichinkalari, suvo`tlari va jonivorlarning chiriyotgan
qoldiqlari bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Daryolar
oqimining sun'iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o`zgarishi,
suvning ifloslanishi; turning qayta ko`payish shart-sharoitlarining
yomonlashishi sun'iy iqlimlashti-rilgan baliqlarga raqobat qilaolmasligi;
brakonerlik.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Ovlash
taqiqlangan. Boday-To`qay, Qizilqum va Surxon qo`riqxonalarida muhofaza
qilinadi. Yashash joylarida ko`paytirinni tashkil qilish va maxsus muhofaza
tartibini joriy qilish lozim.
|
|
|
|
|
23.
|
Parrak (nayza qanot)
Ostroluchka
(Sharpray)
Capoetobrama
kuschawitschi (Kessler, 1872)
ssp.
kuschakewitschi (Kessler, 1872)
|
|
Maqomi. 2:
O`rta Osiyo endemik relikt turining zaif, qisqarib borayotgan Sirdaryo va
Amudaryo kenja turi.
Tarqalishi. Amudaryoning yuqori qismidan to dengizga quyilishigacha; Qashqadaryo va
Surxondaryo; Zarafshonning o`rta va quyi qismlaridagi suv havzalari; o`tmishda
Sirdaryoda ham bo`lgan. O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Tojikiston, Turkmaniston.
Qirg`izistonda – boshqa kenja turi.
Yashash joylari. Oqar
suv havzalarining tubi qumli va toshloq joylari. Loyqa suvda yashaydi.
Soni. O`tmishda barcha
yashash joylarida ko`p bo`lgan, keyinga o`n yilliklarda soni keskin kamayib
ketdi.
Yashash tarzi. Kam
sonli galalar hosil
qilib yashovchi daryo balig`i. 3-4 yoshda jinsiy voyaga
yetadi. Urchishi — aprel-iyunda. Serpushtliligi — 1,75-42,3 ming uvildiriq atrofida.
Jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari va balchiq bilan oziqlanadi.
Cheklovchi omillar Daryolar
oqimining sun'iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o`zgarishi,
suvining ifloslanishi; turning qayta ko`payish sharoitlarining yomonlashuvi;
kelgindi baliqlar raqobati.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Boday-To`qay,
Qizilqum va Surxon qo`riqxonalarida muhofaza qilinadi. Turning yashash
joylarida maxsus muhofaza tartibini joriy qilish lozim.
|
|
|
|
|
24.
|
Orol tikanagi
Aral
Goldside Loach
Sabanejewia
aurata (Filippi, 1865)
ssp.
aralensis Kessler, 1877
|
|
Maqomi. 3:
G`arbiy Yevroosiyo turining zaifga yaqin Orol endemik kenja turi. TMXI Qizil
ro`yxatiga kiritilgan [DD].
Tarqalishi. Amudaryo,
Sirdaryo, Qashqadaryo, Zarafshon daryolarining yuqori oqimidan qo`yi
qismigacha. O`zbekistondan tashqarida: Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston. Boltiq, Egey,
Qora, Azov, Kaspiy dengizlari havzalarida - boshqa kenja turlari.
Yashash joylari. Daryo
va ko`llarning sayoz qo`ltiqlari, buloqlar. Ulardagi tubi qumoq-balchiqli
joylarni afzal ko`radi.
Soni. O`tmishda butun
yashash areali bo`ylab ko`p bo`lar edi. Keyingi o`n yil davomida Sirdaryo,
Zarafshon va O`zbekistonning janubidagi suv havzalarda sonining uzluksiz kamayib
borayotgani kuzatilmoqda.
Yashash tarzi. Daryolar
tubida yashaydigan, ba'zan daryo ostidagi qumga ko`milib oladigan baliq. 2
yoshda jinsiy voyaga yetadi. Urchishi - aprel-iyunda.
Serpushtliligi -
240-1850 uvildiriq atrofida. Daryo tubidagi mayda
umurtqasizlar, suv o`tlari, jonivorlarning chiriyotgan qoldiqlari bilan
oziqlanadi.
Cheklovchi omillar. Daryolar
oqimining sun'iy tartiblanishi natijasida tabiiy suv rejimining o`zgarishi,
suvning ifloslanishi; kelgindi baliqlar raqobati.
Ko`paytirish. Ko`paytirilmagan.
Muhofaza choralari. Tur
monitoringini olib borish va yashash joylarida muhofazasini tashkillashtirish
lozim.
|

© Web-design
Burnashev R.F., 2005
|